BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

ISHLAB CHIQARISH

Ohangaron sement zavodi 1961-yil dekabr oyida ishga tushirilgan. Dastlabki texnologik liniyaning quvvati yiliga 450 ming tonna sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan. 1962-yil yoz mavsumida ikkinchi pechning ishga tushirilishi bilan ikkinchi texnologik liniya ham ishga tushdi. Buning natijasida korxonada sement ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga ortdi. Korxonaning ilk mahsuloti 400 markali portlandsement bo’ldi. 1963-yil oktyabr oyida uchinchi texnologik liniya, 1967-yil dekabr oyida to’rtinchi texnologik liniya ishga tushdi. Natijada zavodning loyihaviy quvvati yiliga 1 736 000 tonna sementga etdi.

Korxonada sementdan tashqari to’rt turdagi o’tga chidamli g’isht mahsuloti ishlab chiqariladi. Mazkur g’isht mahsuloti zavodning o’z ehtiyojlari (aylanma pechlarning ichini qoplash) uchun ishlatiladi.

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi tarkibidagi Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati Toshkent shahar Sirg’ali tumanida joylashgan. Kombinatning loyihalashtirilishi va qurilishi 1980-yilda Turkiston harbiy okrugining mexanik-qurilish zavodi sifatida boshlangan. 1983-yilga kelib, uning nomlanishi 183-sonli Temir-beton mahsulotlari kombinatiga o’zgartirildi. Zavod qurilishining ikkinchi navbati to’liq rivojlanish uchun zaruriy mablag’larning etishmasligi tufayli tugallanmay qoldi. 2002-yilda Temir-beton konstruksiyalari poligoni shakllantirildi. Hozirgi kunda Kombinatning temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati - yiliga 40 000 m³. Kombinat keng assortimentdagi temir-beton konstruksiyalari va beton qorishmalari ishlab chiqaradi.