BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

«OHANGARONSЕMЕNT»

Ohangaron sement zavodi («ONANGARONSЕMЕNT»)- O’zbekiston Respublikasi sement ishlab chiqarish sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona mamlakatimiz sement sanoati reytingida ishlab chiqarish hajmiga ko’ra ikkinchi o’rinni egallaydi. 2006-yildan e’tiboran korxona “EUROSEMENT grup” Xoldingi tarkibida faoliyat yuritadi. Korxonaning to’liq nomi – “OHANGARONSЕMЕNT” aksiyadorlik jamiyati. Korxona Toshkent viloyatining Ohangaron tumani sanoat hududida joylashgan. Zavodning sement ishlab chiqarish bo’yicha loyihaviy quvvati – yiliga 2 180 000 tonna.

«ONANGARONSЕMЕNT» korxonasi tarkibiga Toshkent shahar Sirg’ali tumanida joylashgan Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati ham kiradi. Kombinat 2006-yil avgustda tashkil etilgan bo’lib uning temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati - yiliga 40 000 m3. Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati keng assortimentdagi temir-beton konstruksiyalari va beton qorishmalarini ishlab chiqaradi.

2008-yilda «OHANGARONSЕMЕNT» tomonidan ishlab chiqarilgan portlandsement mahsuloti «O’zstandart» agentligining «O’zbekistonning eng yaxshi mahsuloti» diplomiga sazovor bo’ldi. 2009-yilda korxona «EUROSEMENT grup» Xoldingidagi eng serdaromad korxona nominatsiyasida g’oliblik kubogini qo’lga kiritdi.

2010-yil fevral oyida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasining Sifat menejmenti tizimi xalqaro sifat menejmentining muvofiqlik sertifikati ISO 9001:2009 bilan sertifikatlandi. 2013-yilda korxona keyingi muddatga qayta sertifikatlashtirishdan o’tkazildi.

2013-yil mart oyida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi O’zbekiston sement sanoati korxonalari orasidan birinchi bo’lib O’zDSt ISO 14001 – Ekologik menejment tizimi va O’zDSt OHSAS 18001 – Kasbiy xavfsizlik va sog’liqni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standart sertifikatlashtirishidan muvaffaqiyatli o’tdi. 2013-yil fevral oyida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o’tkazilgan «Mehnat muhofazasini tashkillashtirish bo’yicha eng yaxshi korxona» tanlovida faxriy birinchi o’rinni egalladi.

2013-yilda «EVROSEMENT grup» Xoldingidagi eng yaxshi korxona» konkursida «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi faxriy uchinchi o’rinni, 2014-yilda esa faxriy birinchi o’rinni egalladi.

Ayni paytda korxonada energiya tejami yuqori, ekologik zarari kam, texnologik jihatdan yangi «quruq» usul bilan bir kecha-kunduzda 6 ming tonna klinker ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihani amalga oshirish  uchun investitsiya jalb qilish ishlari olib borilmoqda.