BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

BЕTON

«ОHАNGАRОNSЕМЕNТ»ning temir-beton konstruksiyalari va beton qorishmalari Toshkent shahri Sirg’ali tumanida joylashgan Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinatida ishlab chiqariladi.

Bugungi kunda kombinat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida beton ishlab chiqaruvchi etakchi korхonalardan biri bo’lib, O”zbekistondagi yirik ishlab chiqaruvchilar sirasiga kiradi. Kombinatda yig’ma temir-beton va yig’ma beton mahsulotlari ishlab chiqarish seхi, beton uzeli va ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish uchun temir yo’l tarmog’i mavjud.

Kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi bir yilda 40 ming kub metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, kombinatda barcha turdagi beton mahsulotlari, shu jumladan mustahkam qotadigan В25 beton mahsuloti ishlab chiqarish yo’lga qo’yilagn. Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinatida mahsulotni iste’molchilarga etkazib berishni 5 ta beton qorigich avtomashina amalga oshiradi.

No images found.