![]() |
13.01.2021 |"Ohangaronsement"da an'anaviy ta'mirlash kampaniyasi o’tkazilmoqda "Ohangaronsement" korxonasida asbob-uskunalarning ishonchliligini oshirish va iste'molchilarni mavsum davomida yuqori sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta'minlashga qaratilgan an'anaviy ta'mirlash kampaniyasi amalga oshirilmoqda. 2020-2021 mavsumining ta'mirlash kampaniyasi nafaqat korxonaning asosiy bo’linmalari quvvatini o’stirish, balki mintaqa qurilish sektorida "Ohangaronsement"ning raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlarini ham o'z ichiga oladi. |
![]() |
04.01.2021 |“Ohangaronsement"da 2020-yil ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi "Ohangaronsement" korxonasida 2020-yil ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Coronavirus pandemiyasi va yil boshida va oxirida tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar sababli paydo bo’lgan qiyinchiliklarga qaramay, korxona 1 199 725 tonna klinker (sement xom ashyosi), 1 612 648 tonna sement ishlab chiqardi. Iste'molchilarga 1 614 563 tonna yuqori sifatli mahsulot etkazib berildi, shu jumladan 140 964 tonna sement eksport qilindi. |
|
09.10.2020 |"Ohangaronsement" AJ 2020-yilning sentyabr oyida mahsulot sotish hajmini 5 foizga oshird 2020-yilning sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, "Ohangaronsement" korxonasi o'tgan yilning mos davriga nisbatan sement sotish hajmini 5 foizga (8 651 t) oshirdi. Korxonaning yuqori sifatli mahsuloti asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilariga jo'natildi. |
![]() |
06.08.2020 |2020-yilning iyul oyida "Ohangaronsement" klinker ishlab chiqarish hajmini 3,7 foizga oshirdi 2020-yil iyul oyi yakunlariga ko'ra, "Ohangaronsement" ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) klinker ishlab chiqarish hajmini o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7%, 4 878 tonnaga oshirdi. 2020-yil iyul oyi davomida 138 100 tonna sement xomashyosi chiqarilib, korxona jamoasi bir oylik klinker ishlab chiqarish mavjud rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 2008-yilning avgust oyida o'rnatilgan – 137 527 tonna. |
![]() |
07.07.2020 |«Ohangaronsement» yangi zavodi xom-ashyo maydalash qurilmalarining montaj ishlari yakunlandi "Ohangaronsement"ning yangi yuqori texnologiyali zavod qurilishi maydonida ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) xom-ashyo maydalash qurilmalari montaj ishlari yakunlandi. |
![]() |
01.07.2020 |"Ohangaronsement" qadoqlangan mahsulot qopini yangiladi "Ohangaronsement" korxonasi ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) qadoqlangan mahsulotni yangi qopda ishlab chiqarishni boshladi. Yangi qadoq eslab qolish osonligi, kerakli malumotlar mujassamlanganligi va yorqin dizayni bilan ajralib turadi. |
|
17.06.2020 |Xalqaro audit "Ohangaronsement"da sifat menejmenti tizimining ISO standartlariga muvofiqligini tasdiqladi "Ohangaronsement" korxonasida ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo'yicha sifat menejmenti tizimining birinchi kuzatuv auditi muvaffaqiyatli o'tdi. Avvalroq kompaniya milliy sertifikatlashtirish tizimining O’z DSt ISO 9001 va xalqaro DIN EN ISO 9001:2015 standartlariga muvofiq sifat menejmenti tizimining resertifikatsiya auditidan o'tgan edi. |
![]() |
11.06.2020 |"Ohangaronsement" oylik sement sotish bo’yicha rekord o'rnatdi "Ohangaronsement" korxonasi ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) 2020-yilning may oyida iste'molchilarga 180 ming tonnadan ortiq yuqori sifatli sement jo'natdi, bu esa oylik mahsulot sotish bo’yicha rekord natija bo’ldi. Ushbu ko'rsatkich 2019-yilning ayni davriga nisbatan 10,6% (17 250 t) yuqoridir. |
|
18.05.2020 |“Ohangaronsement” karyeridagi zamonaviy texnologiyalar atrof-muhitga bo’ladigan ta'sirni kamaytiradi “Ohangaronsement” (“EUROCEMENT grup” Xoldingining tarkibiga kiradi) karyerida ishlatilayotgangan zamonaviy texnologiyalar atrof-muhitga ta'sirni sezilarli darajada kamaytiris imkonini beradi. Xolding mutaxassislari seysmik ta'sirning pasaygani va havo to'lqinlarining to'liq bartaraf bo’lganligini ta'kidlamoqdalar. |
![]() |
14.04.2020 |"OHANGARONSEMENT"ning yangi qurilayotgan zavodida aylanma pech korpusi o'rnatilishi yakunlandi "OHANGARONSEMENT" ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) ning qurilayotgan zavodida yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyasining asosiy bo'g'ini bo’lgan aylanma pech korpusi o'rnatilishi yakunlandi. Aylanma pech zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar, xavfsizlik va texnologik jarayonni nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan. Uskunaning quvvati yangi korxonaga har qanday murakkablikdagi qurilish loyihalari uchun yiliga 3 million tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqarish imkonini beradi. |
|
27.03.2020 |O'zbekiston Respublikasidagi karantin sharoitida "OHANGARONSEMENT"ning ishlash tartibi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida "OHANGARONSEMENT" korxonasi ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) karantin davrida xodimlarni koronavirusdan maksimal darajada himoya qilishni ta'minlovchi maxsus ish rejimini o'rnatdi. |
![]() |
04.02.2020 |"Ohangaronsement" 2019-yilda ishonchli o'sish natijalarini ko'rsatdi "Ohangaronsement" korxonasi ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) 2019- yil yakuni bo'yicha sement ishlab chiqarishda sezilarli natija ko'rsatdi. Korxona 1,9 mln tonna mahsulot ishlab chiqarib, 2018-yil ko’rsatkichini 16% ga ko’tardi. Yil yakunlari bo'yicha "Ohangaronsement" Xolding korxonalari o'rtasida har yili o'tkaziladigan "EVROLIDER" tanlovi g'olibi - "EVROSEMENT grup"ning eng yaxshi korxonasi deb topildi. |
![]() |
06.12.2019 | «Ohangaronsement»ning yangi zavodi qurilish maydonchasida asbob-uskunalar o'rnatish faol davom etmoqda “EVROSEMENT grup” prezidenti Mixail Skoroxod amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi va amaldagi "Ohangaronsement"ning yangi sement zavodi qurilishi maydonchasini ko’zdan kechirdi. U loyihani amalga oshirish maqomini zavod rahbariyati va pudratchi kompaniya vakillari bilan muhokama qildi. |
|
25.11.2019 | «Ohangaronsement"ning yangi zavodida xom ashyo omborini qurish ishlari yakunlanmoqda "Ohangaronsement"ning ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan quruq usulda sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan yangi zavodi maydonida xom ashyo ombori qurib bitkazilish arafasiga. Xom ashyo ombori asosiy uskunalarining o'rnatilishi tugallandi, hozirgi vaqtda inshoat tom qismining yo'pilishi yakunlanmoqda. |
|
20.11.2019 | "Ohangaronsement" mahsulotlari Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida "Ohangaronsement" korxonasi ("EVROSEMENT grup" xoldingi tarkibiga kiradi) Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etdi. Korxona mutaxassislari ishlab chiqarishning uch yo'nalishli b’oyicha mahsulotlarni taqdim etmoqdalar: portlandsement, olovga chidamli g'isht, beton va temir-beton konstruktsiyalari. |
![]() |
04.10.2019 | "EVROSEMENT grup”ning O'zbekistonda qurilayotgan yangi zavodi yirik ob'ektlariga uskunalarni o'rnatish boshlandi "EVROSEMENT grup” Prezidenti Mixail Skoroxod O'zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi va "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi boshqaruvi raisi Botir Zaripov bilan birga Vazirlar Mahkamasi vakillari, shuningdek, "Ohangaronsement"ning faoliyatdagi zavodi hududida qurilayotgan yangi sement zavodi bosh pudratchisi Beijing Triumph International Engineering Company (BTIEC) rahbariyati bilan uchrashdi. |
|
25.09.2019 | Ohangarantsement - yilning eng yaxshi investori! "Ohangaronsement" korxonasi (“EUROSEMENT grup” Xoldingiga kiradi) Ohangaron shahar hokimligining Faxriy yorliq’i va "Yilning eng yaxshi investori" kubogi bilan taqdirlandi. Mukofot O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan hudud rivojiga qo'shgan hissasi uchun taqdim etildi. Korxona qurilish materiallari klasteri va yangi sement zavodi yaratish bo'yicha keng ko'lamli loyihani amalga oshirmoqda, mavjud quvvatlar bilan samarali mahsulot ishlab chiqarmoqda va Ohangaron shahrini obodonlashtirishga yordam bermoqda. |
|
17.09.2019 | "Ohangaronsement" jamoasi mini-futbol bo’yicha “EVROSEMENT grup” Ochiq birinchilgining bronza medali sohibi bo’ldi 13-sentyabr kuni Lipetsk shahridagi “Sokol” stadionida “EVROSEMENT grup”ning futbol bo'yicha ochiq birinchilgi bo'lib o'tdi. Turnirda kompaniyaning Rossiya va O'zbekistondagi korxonalaridan vakili bo'lgan 15 jamoa ishtirok etdi. |
30.08.2019 | «EVROSEMENT grup» prezidenti «Ohangaronsement» yangi zavodi qurilishining borishi bilan tanishdi «EVROSEMENT grup» prezidenti Mixail Skoroxod «Ohangarоnsement» bazasida qad ko’tarayotgan yangi zavod qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Korxonaga tashrifi davomida pudratchi kompaniya rahbari, Beijing Triumph International Engineering Company (BTIEC) bosh direktori Ma Minlyan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. |
|
23.08.2019 | «OHANGARONSEMENT» oylik mahsulot yetkazib berish rekordini o’rnatdi OHANGARON sementchilari kasb bayrami – Quruvchilar kuni – arafasida 2019-yilning 7 oyi yakunlarini chiqardi. “OHANGARONSEMENT” korxonasi jamoasi (“EVROSEMENT grup” Xoldingi tarkibiga kiradi) 1,1 mln tonna sement ishlab chiqardi, bu o’tgan yilning ayni davri ko’rsatkichining uchdan biriga (29%) ko’p |
![]() |
25.03.2019 |"Ohangaronsement" korxonasi jamoasi Navro'z umumxalq bayramini keng nishonladi "EVROCEMENT group" xoldingi tarkibidagi "Ohangaronsement" korxonasi jamoasi asrlar qa’ridan kelayotgan bahor bayrami – Navro'zni keng nishonladi. Bayramda zavod ishchi va xodimlari oilalari bilan ishtirok etdilar. |
![]() |
17.10.2018 |2018-yil 18-oktyabrda “OHANGARONSEMENT” AJda yangi sement zavodi poyiga tamal toshi qo’yildi. Qurilish faol bosqichga o’tmoqda. Loyiha qiymati 160 mln dollarni tashkil etadi.
|
|
15.08.2018 | «OHANGARONSEMENT» korxonasi ishlab chiqarish quvvatini oshirishga tayyorlanmoqda «OHANGARONSEMENT» korxonasi (“EVROSEMENT grup” Xoldingiga kiradi) bazasida qad ko’tarayotgan yangi “quruq” usul bilan sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan, yillik quvvati 3 mln tonnaga teng zavod qurilish maydonida tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Qurilish jadal sur’atga o’tdi va maydon keng ko’lamdagi ishlarga tayyor bo’ldi. Shu bilan birga korxonaning amaldagi quvvatida mahsulot ishlab chiqarish to’la hajmda davom etmoqda, bu iste'molchilarni yuqori sifatli sement bilan to’la ta'minlashga imkon beradi. |
![]() |
14.06.2018 | «Ohangarontsеmеnt» korxonasi 2018-yilning may oyida ishlab chiqarish hajmini oshirdi. «ЕVROSЕMЕNT grup» Xoldingi tarkibiga kiruvchi «Ohangaronsеmеnt» korxonasining 2018-yil may oyidagi ishlab chiqarish hajmi 175 024 tonnani tashkil qildi, bu esa 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 4 524 tonna yuqoridir. May oyida klinkеr ishlab chiqarish hajmi 130 060 tonnani tashkil qildi, bu esa o’tgan yilning may oyi ko’rsatkichidan 838 tonna ko’pdir. |
![]() |
08.05.2018 | «Ohangarontsеmеnt» korxonasi vakillari shahardagi Motamsaro Ona haykali poyiga gul qo’yish marosimida qatnashdilar “ЕVROSЕMЕNT grup” Xoldingi tarkibiga kiruvchi «Ohangaronsеmеnt» korxonasi vakillari “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ohangaron shahridagi Motamsaro Ona haykali poyiga gul qo’yish marosimida qatnashdilar. Shaharning Xotira maydoniga ushbu hududda yashab kеlayotgan urush va mеhnat faxriylari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari hamda kеng jamoatchilik vakillari yig’ildilar. Maydon uzra taralgan musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilari qatorida «Ohangarontsеmеnt» korxonasi vakillari ham Motamsaro Ona haykali poyiga gullar qo’yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo’lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar. |
![]() |
12.04.2018 |«Ohangaronsement»ning teatr san’ati ixlosmandlari uchun 2018-yil mavsumi boshlandi. «EVROSEMENT grup» Xoldingi tarkibiga kiruvchi «Ohangaronsement» korxonasi teatr san’ati ixlosmandlari uchun 2018-yil mavsumi boshlandi. Biznesda jtimoiy javobgarlik tamoyillariga qat'iy amal qilgan «Ohangaronsement» korxonasi xodimlar oldidagi barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda, shular jumlasiga ishchilar madaniy hordiq’ini tashkil etish ishlari ham kiradi. |
|
17.03.2018 | «Ohangarontsеmеnt»da Navruz bayrami kеng nishonlandi. Korxonada bayram oldidan hashar bo’lib o’tdi. Shanbalik “ЕVROSЕMЕNT grup” AJning “Biz bu еrda yashaymiz va ishlaymiz” aksiyasi doirasida o’tkazildi. «Ohangarontsеmеnt» Xoldingning eng janubiy hududi sifatida ushbu korporativ aksiyani har yilgidеk boshlab bеrdi. |
|
14.02.2018 | «“Ohangaronsement” korxonasi 2017-yil yakunlari bo’yicha “Namunali soliq to’lovchi” maqomini oldi Ohangaron shahar Davlat soliq inspeksiyasi “EVROSEMENT grup” Xoldingi tarkibiga kiruvchi “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatini “Namunali soliq to’lovchi” faxriy yorlig’i bilan taqdirladi. Tadbirkorlik sub'ektlari soliq to’lovlarining tahliliy natijalari bo'yicha “Ohangaronsement” O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo'shdi. |
|
02.11.2017 | «OHANGARONSEMENT»da quvvati yiliga 3 mln tonna bo’lgan yangi zavod qurish haqida shartnoma imzolandi «EVROSEMENT grup» AJ direktorlar kengashining raisi Filaret Galchev va «O’zqurilishmateriallari» AJ boshqaruv raisi Botir Zaripov «Ohangaronsement» korxonasi bazasida "quruq usul" bilan sement ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha kelishuv imzoladilar. Imzolash marosimi 2-noyabr kuni Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi Bosh Vaziri Dmitriy Medvedev va O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov huzurida bo'lib o'tdi. |
|
11.10.2017 | “OHANGARONSEMENT” 2017-yilning 9 oyi yakunlari bo’yicha yuqori natijalarni namoyich etmoqda. “OHANGARONSEMENT” korxonasi 2017-yilning 9 oyi yakunlari bo’yicha yuqori natijalarni namoyich etmoqda. “EVROSEMENT grup”ning Ohangarondagi korxonasi ushbu davr mobaynida 1 443 149 t sеmеnt va 1 044 028 t klinkеr ishlab chiqardi. Bu o’tgan yilning ayni davri ko’rsatkichlaridan 1,8% (25 449 t) va 2,9% (29 147 t) yuqoridir. Korxona yil bochidan ishlab chiqarichni izchillik bilan oshirib bordi. |
> |
14.09.2017 | “OHANGARONSEMENT”da olovga bardoshli g’isht ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga tushirildi. “EВROSEMENT grup” хoldingi tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” korхonasida olovga bardoshli g’isht ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga tushirildi. Liniya Xitoydan kеltirilgan zamonaviy tехnologiyalar va ilg’or uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa ish unumdorligini oshirish barobarida, sarf-хarajatlarni ham birmuncha kamaytiradi. |
|
14.07.2017 | Quruvchilar kuni arafasida “OHANGARONSEMENT”da qator shanbaliklar bo’lib o’tmoqda Sеmеntchilarning kasbiy bayrami – Quruvchilar kuni arafasida “OHANGARONSEMENT”da korxona hududini obodonlashtirish va sanitar tozalash bo’yicha qator shanbaliklar bo’lib o’tmoqda. Korxonaning barcha bo’linmalari va bo’limlari xodimlari tadbirni tashkil qilish va o’tkazishda faol ishtirok etmoqdalar. Shanbaliklarda hеch qanday istisnosiz barcha, ya’ni rahbarlar ham, oddiy xodimlar ham birdеk mеhnat qilmoqdalar. |
![]() |
14.06.2017 | “OHANGARONSEMENT” 2017-yil may oyi yakunlari bo’yicha klinkеr ishlab chiqarishni 13,8%ga oshirdi. “EВROSEMENT grup” Хoldingi tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” korхonasi 2017-yil may oyida 129 222 tonna klinkеr (sеmеnt ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulot) ishlab chiqardi, bu 2016-yilning ayni davri ko’rsatkichiga nisbatan 13,8% (15 628 t)ga oshdi. Korхona mеhnat jamoasi o’z хaridorlariga 171 933 tonna sеmеnt yеtkazib bеrdi, bu esa 2016-yilning ayni ko’rsatkichiga nisbatan 3,7% (6 071 t) ko’pdir. |
|
26.05.2017 | «OHANGARONSEMENT»da stol tеnnisi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi «OHANGARONSEMENT»da «EVROSEMENT grup» Xoldingining V korporativ spartakiadasi doirasida bo’lib o’tgan stol tеnnisi bo’yicha korхona bosqichi musobaqalari yakunlandi. Turnirda korхona birinchiligi uchun 32 nafar erkak va 6 nafar ayol bеllashdi. |
![]() |
05.04.2017 |“OHANGARONSEMENT”da teatr ixlosmandlari mavsumi yakunlandi. “OHANGARONSEMENT”da teatr ixlosmandlari mavsumi yakunlandi. Har yili 27 mart - Butunjahon teatr kuni arafasida korxonada boshlanadigan teatr mavsumiga joriy yilda jamoa shartnomasiga ko’ra kasaba uyushmasi tomonidan korxona ishchi va xizmatchilari uchun 4 million so’m mablag’ ajratilib, olti marta O’zbek milliy akademik drama teatriga va ikki marta Rus akademik drama teatriga madaniy sayohatlar tashkil qilindi. Ushbu tadbirlarga 200 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari jalb qilindi. |