BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

“OHANGARONSEMENT”da teatr ixlosmandlari mavsumi yakunlandi. Har yili 27 mart - Butunjahon teatr kuni arafasida korxonada boshlanadigan teatr mavsumiga joriy yilda jamoa shartnomasiga ko’ra kasaba uyushmasi tomonidan korxona ishchi va xizmatchilari uchun 4 million so’m mablag’ ajratilib, olti marta O’zbek milliy akademik drama teatriga va ikki marta Rus akademik drama teatriga madaniy sayohatlar tashkil qilindi. Ushbu tadbirlarga 200 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari jalb qilindi.

Mavsum 2017-yil 1-aprel kuni 25 nafar sementchilar uchun O’zbek milliy akademik drama teatri sahnasida qo’yilgan jahon klassikasi durdonalaridan biri hisoblangan Jan-Batis Molyerning “Tartyuf” asari bilan boshlandi. 9-aprel kuni esa Erkin Хushvaqtovning “Ko’ngil” spektaklini tomosha qilib, yana 25 nafar ishchi-xodimlar madaniy hordiq chiqardilar. Ushbu lirik komediyada O’zbekiston xalq artisti Muqaddas Хoliqova, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Farxod Abdullaev, Baxtiyor Yusupov, Shaxlo Temirovalar o’z rollarini maromiga etkazib o’ynadilar.

- "Ko’ngil” spektaklida oilaviy mavzu ko’tarilib, unda ayol ko’ngli qanchalik nozik ekanligi ko’rsatildi. Sahnalar o’zbekona chiroyli hazillar, taniqli shoirlarning she’rlari va ashulalar bilan boyitilgan ekan. O’g’lim orqali shunday spektaklga borganligimdan juda xursandman. Korxona rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildiraman, - deydi engil avtomashina haydovchisi Vasilxon Usmonovning onasi Хatira aya.

50 nafar rusiyzabon teatr ixlosmandlari O’zbekiston rus akademik drama teatrining “Beshenniye dengi” (8-aprel) va “Professor v zakone” (14-aprel) nomli spektakllariga safarbar qilindi.

Erkin Хushvaqtov asarlari asosida sahnalashtirilgan “Qirmizi olma” (16-aprel) va “Andishali kelinchak” spektakllari (2 marta – 15 va 22-aprel) ham barchaga manzur bo’ldi. Joriy yilda korxona ishchilari uchun tashkil qilingan teatr mavsumi 23-aprel kuni yana bir bor “Ko’ngil” spektaklining namoyishi bilan yakunlanadi.

"Qirmizi olma" spektakli Imomi A’zam hazratlari haqidagi rivoyat asosida yaratilgan. Erta tongda turgan sobit hazratlari suvda oqib kelayotgan olmani bir tishlab, suvi tomog’iga ketganda o’ziga keladi. Birovning olmasini iznsiz edim, egasini topib, luqmani halollashim kerak edi, deb egasini kidirib ketadi. Olmaning egasini topib, luqmani halollab berishini so’raydi. Asar kahramoni – momo: kar, ko’r, cho’loq, soqov qizim bor shunga o’ylansang rozi bo’laman deydi. Sobit hazratlari bir tishlam luqmani halollash uchun rozi bo’lib uylanadi. Chimildiqda to’rt muchasi sog’, go’zal kizni ko’rib hayratga tushadi. Spektakl so’ngida momo: qizimni kar deganim yomon so’zlarni eshitmagan, ko’zini ko’r deganim hunuk joylarni ko’rmagan, tili soqov deganim hunuk so’zlar aytmagan, oyog’i cho’loq deganim yomon joylarga bormagan, deb izoh beradi. Insonlarni bu spektakl har bir tishlam luqmani halollab eyishga chorlaydi. Poklik, halollik ortida ulug’ mukofot borligini ta’kidlaydi.

“Andishali kelinchak” spektakli o’zga bir xonadonga kelin bo’lib tushgan yosh qizning taqdiri haqidadir. Qaynona o’g’li u aytgan qizni olmay, sevganiga uylangani uchun, kelin bilan o’chakishib qoladi. Kelinni tug’maslikda ayblab, turtkilaydi, xatto haydab yubormoqchi bo’ladi. O’zining ko’z ostiga olib qo’ygan qizga o’g’lini uylantirmoqchi ham bo’ladi. Ammo yosh kelin o’zining aql-farosati bilan oilasini saqlab qoladi. Qaynonasining ham mehru-muxabbatini qozonadi.