BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

“Ohangaronsement” korxonasi sementchilaridan bir guruhi “EVROSEMENT grup”ning Mordoviya zavodiga tashrif buyurdilar. Bu yerda bir necha usul bilan sement ishlab chiqaradigan zamonaviy korxonani boshqarishning eng ilg’or amaliyotlarini o'rgandilar. Xolding xodimlari muntazam ravishda tajriba o’rganadilar, “EVROSEMENT grup” korxonalari o'rtasida sinergiya shunday amalga oshadi.

Hozirda “Ohangaronsement” ho'l usul bilan sement ishlab chiqaradi, 2020-yilda esa yangi qurug usulda ihlaydigan zavod foydalanishga tushadi.

"Mordovsement" jamoasi bir ishlab chiqarish maydonida uchta: h’ol, yarim quruq va quruq usullarda sement ishlab chiqarishni samarali olib borish borasida noyob tajriba to'plagan. Ular ushbu tajribalarini “Ohangaronsement” xodimlari bilan o’rtoqlashdilar.

O'zbekistondan borgan delegatsiya muhandis-texnik mutaxassislardan iborat bo'lib, ular “Mordovsement”ning quruq va ho'l usullarda parallel ishlaydigan liniyalarini boshqarish tajribasi bilan tanishdilar, ikkala ishlab chiqarishni birga boshqarish prinsiplarini o'zlashtirdilar va ushbu jarayon amaliyotda bevosita qanday qo’llanilishini ko'rdilar.

Ikki usulli ishlab chiqarishda uskunalarini samarali ishlatish, jarayonlarni optimallashtirish infratuzilmalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, hisob yuritish va liniyalarning yuklamasi taqsimoti masalalariga alohida e'tibor qaratdilar. O'zbekistonlik sement ishlab chiqaruvchilar ushbu tajribani kelgusi yilda “Ohangaronsement” maydonida qo'llaydilar.

Rossiya sanoatida yetakchi korxona hisoblangan "Mordovsement" uchun bu Holding doirasida korxonalararo tajriba almashish bo'yicha birinchi loyiha emas. Avvalroq, Mordoviya zavodi negizida “Katav sement” va “Mixaylovsement” mutaxassislari sement maydalash uskunalarini ishlatish amaliyotini o’tadilar.