BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement"ning ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan quruq usulda sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan yangi zavodi maydonida xom ashyo ombori qurib bitkazilish arafasiga. Xom ashyo ombori asosiy uskunalarining o'rnatilishi tugallandi, hozirgi vaqtda inshoat tom qismining yo'pilishi yakunlanmoqda.

Yuqori darajada avtomatlashtirilgan xom ashyo omborining zamonaviy uskunalari xom ashyo tarkibiy qismlarining o'rtacha miqdorini ta'minlaydi, bu esa yakuniy mahsulotning barqaror sifatini kafolatlaydi. Xom-ashyo taqsimlanishining barcha uchastkalarida aspiratsiya tizimlarini o'rnatish korxonaga ekologik xavfsizlik bo'yicha jahon standartlariga erishish imkonini beradi.

Lentali konveyerlar orqali ohaktosh va loydan iborat xom ashyo aralashmasi avval oldindan aralashtirish omboriga kelib tushadi, bu yerda aralashma soatiga 1400 tonna unumdorlikka ega bo’lgan taqsimlovchi yuklash uskunasi yordamida omborga joylashtiriladi. Xom ashyo aralashmasi oldindan aralashtirish omboridan unumdorligi soatiga 600 tonna bo’lgan ko'prik tipidagi aralashtirish va tushirish uskunasi yordamida konveyer lentasiga yuboriladi. So’ng xom ashyo lentali konveyerlar yordamida vertical tegirmonga jo’natiladi.

Yangi sement zavodi Markaziy Osiyoda asosiy texnologik uskunalar unumdorligi bo'yicha eng yirik korxona bo’ladi. Korxona mahsulotlari uy-joy va infratuzilma qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun asosiy qurilish materiallariga bo'lgan talabni qondiradi.