BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

“EVROSEMENT grup” prezidenti Mixail Skoroxod amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi va amaldagi "Ohangaronsement"ning yangi sement zavodi qurilishi maydonchasini ko’zdan kechirdi. U loyihani amalga oshirish maqomini zavod rahbariyati va pudratchi kompaniya vakillari bilan muhokama qildi.

"Qurilish maydonchasi materiallar va uskunalarni yetkazib berish borasida ishonchli ta'minlangan, bu esa ishlarning yuqori sifatda va o'z vaqtida bajarilishini kafolatlaydi. O'zbekiston qurilish materiallari bozorining o'sib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, "EVROSEMENT grup" Xoldingi yangi zavod qurilishi va uning asosida qurilish materiallari klasterini tashkil etishga katta e’tibor qaratmoqda", - dedi Mixail Skoroxod.

2020-yilda zavodning ishga tushirilishi qurilish materiallari klasterini rivojlantirish bilan birga O'zbekistonning tobora o'sib borayotgan qurilish kompleksi uchun seysmik chidamli temir-beton mahsulotlari, olovga bardoshli g’isht va boshqa zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etishni ta'minlaydi. Yangi korxona va amaldagi liniyaning umumiy quvvati yiliga 5 million tonna sementni tashkil etadi, "Ohangaronsement" bazasida yaratilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish klasteri esa bozorni uy-joy, sanoat va infratuzilma loyihalari uchun yuqori sifatli mahsulotlar qatori bilan ta'minlaydi.

Hozirda sosiy qurilish ishlari yakunlanib, yangi texnologik liniyaga uskunalar yetkazib berilmoqda, 4,5 ming tonnadan ortiq uskunalar o'rnatib bo’lindi. Asosiy agregatlar va qurilmalarning ishlab chiqaruvchilari yetakchi Yevropa kompaniyalaridir. Xususan, so'nggi avlod klinker sovutgichi montaj qilindi, klinker konveyeri, elektr jihozlari o’rnatilishi faol bosqichga o’tdi, issiqlik almashtirgichda ichki ishlar olib borilmoqda, xom ashyo ombori qurilishi tugallanish arafasida. Korxonaning barcha ishlab chiqarish bosqichlarida atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirish maqsadida eng ilg’or jahon standartlariga javob beradigan aspiratsiya tizimlari o’rnatilishiga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Loyiha Rossiya va O'zbekiston davlat rahbarlari va bosh vazirlari huzurida imzolangan "EVROSEMENT grup" va "O'zqurilishmateriallari" o'rtasida hamkorlik memorandumi va qurilish materiallari sanoat klasterini qurish bo'yicha kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirishga sarflanayotgan investitsiyalar 200 million AQSh dollarini tashkil etadi.