BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement" korxonasi ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) 2019- yil yakuni bo'yicha sement ishlab chiqarishda sezilarli natija ko'rsatdi. Korxona 1,9 mln tonna mahsulot ishlab chiqarib, 2018-yil ko’rsatkichini 16% ga ko’tardi. Yil yakunlari bo'yicha "Ohangaronsement" Xolding korxonalari o'rtasida har yili o'tkaziladigan "EVROLIDER" tanlovi g'olibi - "EVROSEMENT grup"ning eng yaxshi korxonasi deb topildi.

Bunday ulkan natijalarni "Ohangaronsement"dagi ishlab chiqarish unumdorligi, energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish dasturi bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar ta'minladi.

"Butun jamoaning sidqidildan qilgan mehnati zavod oldiga qo'yilgan vazifalarni sharaf bilan bajarishga imkon berdi. Korxonaning jipslashgan komandasi iste'molchilarga sifatli va ishonchli qurilish materiallarini samarali yetkazib berish, ayni paytda yuqori texnologiyali yangi zavod qurilishini ta'minlash jarayonlarida muntazam rivojlanmoqda. – deya ta’kidladi "Ohangaronsement" korxonasi bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Korxona mahsulotlari juda muhim ob’ektlarning, jumladan uy-joy, ijtmoiy va transport infratuzilmalari, ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilishiga yetkazib berilmoqda. Ular orasida "Tashkent-City" majmuasi, "Toshkent-Sharqiy" aerodromi, Islom taraqqiyot markazi, "Navro'z" madaniyat va istirohat bog'i, Toshkent metropolitenining Yunusobod va Sergeli liniyalari, Namangan viloyatidagi Kamchiq kichik GESlari va boshqalar mavjud.