BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

“Ohangaronsement” (“EUROCEMENT grup” Xoldingining tarkibiga kiradi) karyerida ishlatilayotgangan zamonaviy texnologiyalar atrof-muhitga ta'sirni sezilarli darajada kamaytiris imkonini beradi. Xolding mutaxassislari seysmik ta'sirning pasaygani va havo to'lqinlarining to'liq bartaraf bo’lganligini ta'kidlamoqdalar.

Korxonada tog'-kon ishlarini tizimli rivojlantirishning asosiy yo'nalishi maxsus texnika yordamida qazib olish foydasiga burg'ilash-portlatish ishlarini rejali qisqartirishdir. Jumladan, 2017-yildan boshlab Shovazsoy konida "TESMEC" tosh maydalovchi kombayni ishga tushirildi. Texnik uskuna ohaktoshni portlatmasdan olish imkonini beradi, ushbu texnologiyadan foydalanish seysmik ta'sir va havo to'lqinini butunlay bartaraf qiladi. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar 1,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2019-yilda Amerikada ishlab chigarilgan "VERMEER" tog'-kon kombayni ochiq tosh qatlamini qazishga qo'yildi. Mobil uskuna ohaktoshni xavfsiz qazib olish va shovqin va tebranishni kamaytirish imkonini beradi.

Burg'ilash-portlatish ishlarini bajarishda zamonaviy usullar va texnologiyalar ham qo'llaniladi. Quduqlarda portlash parallel emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bu esa ovoz balandligini va silkinishni sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu usul yuqori xarajatlarni nazarda tutadi va korxona tomonidan karyer yaqinida joylashgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlatiladi. Burg'ulash-portlatish ishlarining yangi texnologiyalari havo to'lqini zarbasini to'liq bartaraf qilinishiga va seysmik ta'sirning minimal b’olishiga erishishga imkon beradi.

"Ohangaronsement" korxonasidagi barcha burg’ilash-portlatish ishlari O'zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga to'la muvofiq ravishda amalga oshiriladi.