BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

2020-yil iyul oyi yakunlariga ko'ra, "Ohangaronsement" ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) klinker ishlab chiqarish hajmini o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7%, 4 878 tonnaga oshirdi. 2020-yil iyul oyi davomida 138 100 tonna sement xomashyosi chiqarilib, korxona jamoasi bir oylik klinker ishlab chiqarish mavjud rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 2008-yilning avgust oyida o'rnatilgan – 137 527 tonna.

Hisobot davrida 182 000 tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqarildi, bu 2019-yilning ayni davriga nisbatan 1,4% (2 500 t) ga ko'pdir. Qurilish mavsumi cho'qqisida "Ohangaronsement" yuqori sifatli mahsulotlar bilan mijozlar ehtiyojini qondirmoqda.

"Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramasdan, korxonadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida ijobiy o’sish kuzatilmoqda. Ko'rsatkichlarning o'sishi ishlab chiqarish jarayonlari va ta'mirlash ishlarini olib borishga tizimli yondashish, shuningdek, texnologik asbob-uskunalardan samarali foydalanish hisobiga erishilmoqda", - ta’kidladi "Ohangaronsement" korxonasi bosh direktori Genndiy Kulikov.