BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

2020-yil “Ohangaronsement”da an'anaviy "Men – birinchi sinf o'quvchisiman” aksiyasi bir oz boshqacha tarzda o'tdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli o’rnatilgan karantin rejimi sababli korxona ishchi-xodimlarining ilk bor maktabga boradigan bolalariga korxona tomonidan beriladigan ryukzaklarni bu yil ota-onalar o’z uylarida topshirdilar.

Bu yil O'zbekiston maktablarida yangi o’quv yili 14-sentyabrda boshlanadi. “Ohangaronsement” korxonasi ishchi-xodimlarining 88 nafar farzandlari birinchi sinfda bilim olish va o'qishda birinchi yutuqlarga erishish uchun tayyordirlar. Bolalarga sovg’a qilingan ryukzaklar barcha zarur o’quv qurollari, jumladan, daftar va ruchka, qalam va flomasterlar, rasm daftari va rangli qog'ozlar, daftarlar va kitoblar uchun q’iloflar, kitob tirgagich, akvarel bo'yoq va maxsus suv quyish idishi, plastilin va boshqa ko’plab maktab uchun foydali bo’lgan predmetlar bilan to’ldirilgan.

"Ohangaronda sement zavodi o'z ishchilarining birinchi sinfga boradigan bolalari uchun eng sifatli narsalarni xarid qilishi haqida fikr yuradi. Qizim Marhabo – bizning birinchi farzandimiz. Zavoddan unga berilgan sovg'ani olganimda, bunga to'liq ishonch hosil qildim. Ayniqsa, ko'p bolali oilalar uchun bu katta yordam, bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlash ancha qimmat", – deydi korxona informatsion-texnologiyalar bo’limi dasturchisi Ma’ruf Jansaidov.

"Ohangaronsement" AJning faol ijtimoiy siyosatida ishchi-xodimlarning farzandlarini qo’llab-quvvatlash ham ustuvor ahamiyatga ega. An’anaviy “Birinchi sinf o'quvchisi” aksiyasidan tashqari, korxona tomonidan muntazam ravishda bolalarning yozgi dam olishi so’lim tog' hududlarida joylashgan oromgohlarda tashkil etiladi, yangi yil sovg'alari tarqatiladi, bolalar rasmlari tanlovi o'tkaziladi va barcha ishtirokchilar taqdirlanadi.