BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

2020-yilning sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, "Ohangaronsement" korxonasi o'tgan yilning mos davriga nisbatan sement sotish hajmini 5 foizga (8 651 t) oshirdi. Korxonaning yuqori sifatli mahsuloti asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilariga jo'natildi.

"Ohangaronsement" uzluksiz yetti oy davomida, ayniqsa joriy qurilish mavsumining eng qizg’in pallalarida ko’rsatkichlarning muntazam o'sishi va ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ko'rsatmoqda. Mahsulot sifatini nazorat qilish va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar orqali yuqori natijalarga erishish mumkin bo’ldi.

- Mavjud quvvatlarni doimiy ravishda takomillashtirish, biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish, korxona xodimlarining malakalarini rivojlantirsh ishlab chiqarish tizimining uzluksiz ishlashini ta'minlab, iste'molchilarga eng yuqori sifatli mahsulotlar taklif etish imkonini bermoqda, - dedi "Ohangaronsement " bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Mahsulot turlarining xilma-xilligi va sifatining yuqoriligi hududda quriladigan bino va inshootlarning seysmik mustaxkamligiga qo’yilgan talablarni e’tiborga oladi. O’tgan oylarda Ohangaron sementi Quyi Chotqol va Qamchiq GESlari, respublikaning qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo'yicha qad ko’tarayotgan ko'p xonadonli arzon uylar va shaharlardagi ko'p qavatli turar-joy massivlarining qurilishlariga jo'natildi.