BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement" korxonasida 2020-yil ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Coronavirus pandemiyasi va yil boshida va oxirida tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar sababli paydo bo’lgan qiyinchiliklarga qaramay, korxona 1 199 725 tonna klinker (sement xom ashyosi), 1 612 648 tonna sement ishlab chiqardi. Iste'molchilarga 1 614 563 tonna yuqori sifatli mahsulot etkazib berildi, shu jumladan 140 964 tonna sement eksport qilindi.

“Ohangaronsement"da yil yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bu safar bir oz boshqacha tarzda o'tkazildi. Dekabr oyining oxirgi o'n kunligida “Eng yaxshi yutuq va natijalar tanlovi” e'lon qilindi, bu esa zavodning har bir bo'linmasiga ijodiy chiqish tayyorlashni nazarda tutardi. So'zga chiqqanlar o'z jamoalarining eng ahamiyatli yutuqlarini ko'rsatdilar: sement va klinker ishlab chiqarish, iste’molchilarga mahsulot jo'natish, xom ashyo ishlab chiqarishdagi rekord davrlar; ta'mirlash ishlarini bajarishga yondashuvni takomillashtirish, texnologik asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligi, moliyaviy, moddiy va yoqilg'i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan boshqa innovatsion g'oyalar haqida. Maxsus hakamlar hay'ati kichik jamoalarning ishlarini baholadilar: asosiy bo'linmalar orasida klinker kuydirish bo'limi, yordamchi bo'linmalar orasida – qurilish materiallari va konstruksiyalar kombinati, boshqarma bo'limlari orasida – bosh iqtisodchi xizmati g'olib bo'ldi.

Korxona mahsuloti yil davomida respublikaning eng muhim ob'ektlariga uzluksiz yetkazib berildi: Toshkent shahrida G’alaba bog’ining qurilishi, koronavirus bilan xastalangan bemorlarga xizmat ko'rsatish uchun maxsus vaqtinchalik davolash karantin obyektlari, Buxoro viloyatida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va boshqalarga.

- Biz har qanday sharoitga tezkor moslashish, og’ir vaziyatlarda maksimal foyda olish va tajriba orttirishga o'rganmoqdamiz. Ishlab chiqarish jarayonini doimiy monitoring qilish, unga tizimli yondashish va tezkorlik salbiy omillarning ta'sirini kamaytirish va mahsulot tannarxini o'z vaqtida boshqarish tendentsiyasini yurgizish imkonini berdi, – deydi "Ohangaronsement" AJ bosh direktori Gennadiy Kulikov.

2020-yilga erishilgan yutuqlar kelgusi yilda "Ohangaronsement" bazasida yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega "quruq" usul bilan sement ishlab chiqaradigan yangi yuqori texnologiyali zavod ishga tushirilishiga yordam beradi. Shuningdek, 2021-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish doirasida "Korxona qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinatida seysmik zonalarda bino va inshootlar qurish uchun temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish" loyihasini yakunlash mumkin bo'ladi.