BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement" korxonasining top-menejerlari "INNOPROM" xalqaro ko'rgazmasida qatnashdilar. 300 ta Rossiya kompaniyasi ishtirokida o’tkazilayotgan "INNOPROM" ko'rgazmasi Toshkentda ilk bor bo'lib o'tmoqda. Forum ishtirokchilari sanoat hamkorligini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va qo'shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadini ko’zlagan. Korxona mutaxassislari ko'rgazmada "Ohangaronsement" bazasida tashkil etilgan qurilish materiallari ishlab chiqaradigan sanoat klasterining yangi mahsulotlarini namoyish etdilar.

Innovatsion klaster doirasida yiliga 3 million tonna quvvatga ega "quruq" usulda sement ishlab chiqaradigan yangi zavod, yiliga 100 ming kub metr quvvatga ega yuqori sifatli beton va temir-beton mahsulotlari hamda yiliga 4 ming tonna quvvatga ega olovga chidamli g'isht ishlab chiqarish yangi liniyalari ishga tushirildi. Klasterni rivojlantirish bo'yicha jami investitsiyalar 200 million dollarni tashkil etadi.

Klasterning asosiy loyihasi – "quruq" usulda sement ishlab chiqaradigan zamonaviy zavoddir. Loyiha ikki tomonlama hamkorlikning muhim qismiga aylangan va 2019-2024 yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati va O'zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasida iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida istiqbolli loyihalar ro'yxatiga kiritilgan.

"Yiliga 3 million tonna quvvatga ega yangi yuqori texnologiyali sement ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi amaldagi ishlab chiqarishning atrof-muhitga ekologik ta'sirini yaxshilash uchun muhim investitsiya rejasini tuzish imkonini beradi. Yiliga 5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy kompleks mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan xususiyatlarni ta'minlash bo'yicha loyihalarni amalga oshiradi", – dedi "Ohangaronsement" bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Mahsulotlarning keng turlari mintaqada talab yuqori bo’lgan yuqori markali sementlarni ham o’z ichiga oladiki: ushbu mahsulot O’bekistonning eng mas’uliyatli qurilishlari bo’lgan yo'l tutashuvlari, aerodrom qoplamalari, elektr stantsiyalari, atom energiyasi ob'ektlarini qurish, turar-joy, ofis va savdo binolarida ishlatiladi.

Zavodning ishga tushirilishi qurilish materiallari klasterini rivojlantirish bilan birgalikda respublikaning tobora o'sib borayotgan qurilish kompleksi uchun seysmik chidamli temir-beton mahsulotlari, olovga chidamli g’isht va boshqa zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etishni ta'minlaydi. Sanoat klasteri loyihalari Rossiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga qo’shayotgan investitsiyaviy hissasini ifodalaydi va ikki tomonlama munosabatlarning eng yaxshi natijasi hisoblanadi.