BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"YEVROSEMENT grup" xoldingi tarkibiga kiruvchi "Ohangaronsement" korxonasining yuqori texnologiyali yangi zavodida O'zbekiston Respublikasining yetakchi gazetalari, Internet-saytlari va telekanallari ishtirokida press-tur bo'lib o'tdi. Tadbirning tantanali qismida Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi raisi o'rinbosari Baxtiyor Boboqulov, bosh pudratchi – Beijing Triumph International Engineering Co. vakillari, biznes hamkorlar va korxonaning yirik iste'molchilari ishtirok etdi.

Zamonaviy "quruq" usul bilan yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod "Ohangaronsement" bazasida tashkil etilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoat klasterining asosiy loyihasidir. Loyihani amalga oshirishga 160 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi. Yangi zavod qurilishi "YEVROSEMENT grup" AJ va "O'zqurilishmateriallari" AJ o'rtasida erishilgan kelishuvlar natijasi bo'ldi. Tegishli hujjatlar Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi davlat rahbarlari va bosh vazirlari ishtirokida Moskva va Toshkentda imzolangan.

Press-tur doirasida TimeLapse rejimida uzoq muddatli video suratga olish materiallari asosida yaratilgan yangi zavod qurilishi haqidagi videorolik va "Yangi korxonaning yuqori texnologik uskunalari" mavzusida taqdimot namoyish etildi. Ekskursiya davomida press-tur ishtirokchilari yangi ishlab chiqarish uskunalari ishini ko'zdan kechirdilar, loyihaning afzalliklari va o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot oldilar. Yangi texnologik liniya qurilishi mavjud korxona infratuzilmasi va uskunalaridan maksimal darajada foydalangan holda qad ko’tardi. 2021 yil 28 yanvar kuni aylanma pech ishga tushirildi va birinchi klinker olindi, 12 fevralda esa birinchi yuqori sifatli sement olindi: 500 markali portlendsement.

Zavodning ilg'or pozitsiyasi pudratchi tanlovi sement mashinasozligi va sement ishlab chiqarish sohasida jahonda yetakchi bo'lgan CNBM sanoat guruhida to’xtalganligi va korxonani jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan keltirilgan yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlanganligi kafolatlaydi. Korxonaning barcha ishlab chiqarish bosqichlarida eng muhim o'rin aspiratsiya tizimlariga qaratildi – 85 ta filtrlar o'rnatildi, ular atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirishning eng yaxshi jahon standartlariga javob beradi.

Yangi zavod ishga tushirilgach, "Ohangaronsement" AJ quvvati yiliga 5 mln tonnagacha yetadi. Korxona ishlab chiqarishini kengaytirish respublikaning sementga bo'lgan ehtiyojini, jumladan, mintaqaning mas'uliyatli qurilishlari uchun yuqori markali sementlarga ehtiyojini to'liq qondiradi va muhim qurilish ob'ektlarining xom ashyo importiga qaramligini bartaraf etish imkonini beradi.