BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"EVROSEMENT grup" xoldingi tarkibiga kiruvchi "OHANGARONSEMENT" korxonasi negizida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo'yicha sanoat klasteri tashkil etildi. Klaster doirasida bir qator loyihalar amalga oshirildi: yiliga 3 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega "quruq" usulda sement ishlab chiqaruvchi yangi zavod; yiliga 100 ming kub metr quvvatga ega bo'lgan yuqori markali beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish yangi liniyasi; yiliga 4 ming tonna quvvatga ega olovga bardoshli g'isht ishlab chiqarish yangi liniyasi. Klasterni rivojlantirishga kiritilgan jami investitsiyalar 200 million dollarni tashkil etadi.

Klasterning asosiy loyihasi – zamonaviy "quruq" usulda sement ishlab chiqaruvchi zavod. Yangi zavod qurish maqsadlari to'g'risidagi bayonnoma 2017 yil 15 fevral kuni Toshkentda "YEVROSEMENT grup" AJ va "O'ZQURILISHMATERIALLARI" AJ o'rtasida Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi hukumatlararo o’zaro iqtisodiy hamkorlik bo'yicha komissiya yig'ilishi doirasida imzolandi. Modernizatsiya va sanoat qurilishi loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik to'g'risidagi memorandum 2017 yil 5 aprel kuni Moskvada Rossiya va O'zbekiston davlat rahbarlari va bosh vazirlari ishtirokida imzolandi. Loyiha ikki tomonlama hamkorlikning muhim qismiga aylandi va 2019-2024 yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati va O'zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasida iqtisodiy hamkorlik dasturining istiqbolli loyihalar ro'yxatiga kiritildi.

2018 oktyabr oyida umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadigan qurilishning “birinchi toshi” qo'yildi. Yangi texnologik liniya qurilishi amaldagi korxona hududida mavjud infratuzilmadan maksimal darajada foydalangan holda qurildi. 2021 yil 28 yanvar kuni klinker kuydirish sexida aylanma pech ishga tushirildi va birinchi klinker olindi, 12 fevralda birinchi martada yuqori sifatli 500 markali portlandsement olindi.

"Yiliga 3 million tonna quvvatga ega yangi yuqori texnologiyali sement ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi bilan amaldagi "ho'l" usulda mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodning atrof-muhitga ekologik ta'sirini yaxshilash uchun navbatdagi investitsiya rejasini tadbiq etish mumkin bo’ladi. Yiliga 5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy majmua mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarning zamonaviy talablariga javob beradigan xususiyatlarni ta'minlash imkonini beradi", – dedi "OHANGARONSEMENT" korxonasi bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Bu Markaziy Osiyodagi eng yirik va MDH dagi eng zamonaviy korxona bo'lib, ishlab chiqarishi to'liq avtomatlashtirilgan, energiya resurslarini kam iste'mol qiluvchi va atrof-muhitga minimal ta'sir ko'rsatadigan zavoddir. Bu ishlab chiqarishni boshqarishda eng yangi texnologiyalar joriy qilingan haqiqiy raqamli zavoddir. Bu dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchi brendlaridan keltirilgan zamonaviy ishonchli “beshinchi avlod” uskunalaridir. Bu ishlab chiqarish maydonining barcha bo’linmalarida 85 dona eng yangi filtr tizimlari o'rnatish hisobiga atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirishga erishilgan zavoddir.

Mahsulotlarning keng assortimenti, jumladan yuqori markali sementlarni ham o’z ichiga oladi va O’zbekistonning eng muhim qurilishlariga jo’natiladiki, bularga yo’l tutashmalari, aerodrom qoplamalari, elektr stansiyalari, atom energetikasi ob’ektlarining qurilishlari, uy-joy, ofis va savdo binolari kiradi.

Zavodning ishga tushirilishi qurilish materiallari klasterini rivojlantirish bilan bir qatorda seysmik chidamli beton va temir-beton mahsulotlari, sement va metallurgiya sanoati uchun olovga bardoshli g’isht va respublikaning tobora o'sib borayotgan qurilish kompleksi uchun boshqa zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy etishni ta'minlaydi. Sanoat klasterining loyihalari Rossiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga qo’shayotgan investitsiyaviy hissasini ifodalaydi va ikki tomonlama munosabatlarning eng yaxshi natijasi hisoblanadi.