BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement" korxonasi mutaxassislari: bosh texnolog Ulug'bek Umaraliyev, moddiy resurslar bo'limi boshlig'i Suxrab Iriskulov, savdo boshqarmasi boshlig'i Abdunabi Parmankulov 2021-yil 22-24 aprel kunlari Navoiy shahrida bo'lib o'tgan navbatdagi tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasida ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilar Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalari – "Navoiyazot" AJ, "Navoiy IES" AJ, "Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi, "Gidrostankoservis" MCHJ faoliyati, shuningdek, mintaqaning sayyohlik salohiyati, jumladan, Nurota shahrida joylashgan "Chashma" majmuasi bilan tanishdilar.

Tadbirning ochilish marosimi kuni Navoiy mashinasozlik zavodida yarmarka tashkil etildi, unda ishtirokchilar respublikaning 142 sanoat korxonasi mahsulotlari bilan tanishdilar. Yarmarka doirasida hamkorlik va tajriba almashish bo'yicha takliflar taqdim etish uchun "Navoiyazot" AJ, "Qizilqumsement" AJ, "Gidrostankoservis" MCHJ kabi yetakchi tarmoq korxonalarining texnik salohiyati haqidagi bir qator taqdimotlari tashkil etildi.

"Yarmarkada qo’yilgan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar ko'p qismi biz yillar davomida birga faoliyat ko’rsatayotgan potentsial mol yetkazib beruvchilarimizning mahsulotidir. Muzokaralar chog'ida biz hamkorlar bilan sanoat mahsulotlarini sotib olish bo'yicha shartnomalarimizni qayta ko’rib chiqdik, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildik", – dedi moddiy resurslar bo'limi boshlig'i Suxrab Iriskulov.

Sanoat yarmarkasi mamlakatdagi sanoat korxonalarining imkoniyatlari bilan tanishish, tarmoq, tarmoqlararo kooperatsiya asosida xaridorgir, yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirishga tayyor bo'lish uchun qulay maydonchadir.